Maqtanchoq Mourino: Men bilan faqat bir murabbiy tenglasha oladi!

  • 13 sentabr, 2024, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turkiya Superligasida “Fenerbahche” futbolchilariga ustozlik qilayotgan Joze Mourino murabbiylik ishida unga faqat bir mutaxassis tenglasha olishini ta’kidladi.

- Men Angliya Premer ligasida va Evropa Chempionlar ligasida bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritganman. Bu borada men bilan tenglasha oladigan yagona odam bu Xosep Gvardiola. Menda bor narsalar, unda ham bor, - dedi Joze Mourino.

Portugaliyalik mutaxassis jamoalarni mustaqil boshqarishni 2000 yili “Benfika”dan boshlagan. O‘z yurtida “Unian Leyriya” va “Portu”ga ustozlik qilgan. Keyingi faoliyati top-ligalarda davom etgan. 

Mourino Anliyada “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”ni, Ispaniyada “Real”ni, Italiyada “Inter” va “Roma”ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!