Maradona “Dinamo”da!

  • 22.02.2018 18:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

Pro-Liga bahslariga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi tarkibi kuchaytirilishi rejalashtirilgan.

Jamoa safida tajribali yarim himoyachilar Dilshod Sharofutdinov va Ilhom Yunusov kelib qo‘shilgani haqida ma’lumot bergandik. Bugun esa Samarqand jamoasi tarkibiga yangi futbolchi Maradona Safarov kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Mash’al» klubi tarbiyalanuvchisi sanalmish Maradona Safarov o‘tgan mavsumning birinchi davrasini «Mash’al», ikkinchi davrani esa «Sho‘rtan» klubi safida o‘tkazgan edi. 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi hozircha, jamoa ko‘rigida bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!