Marca: "Real" Mbappe bilan kelishuvga erishdi
"Real" rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilyan Mbappe bilan kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Marca nashri.
Manbada yozilishicha, 18 yoshli frantsiyalik futbolchi Madrid klubi mashg‘ulotlar bazasiga kelib muzokaralar o‘tkazgan. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi “qirollik klubi” bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va yillik maoshi 6-7 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq, PSJ rahbariyati Mbappe otasi bilan transfer borasida kelishuvga erishganligi aytilgan edi. Futbolchining o‘zi esa top klublarning qiziqishiga qaramasdan yana bir yil "Monako"da qolmoqchi. Bunga JCh-2018ga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish asosiy sabab deb qaramoqda.

Fikrlar