Mareska "Chelsi"ning ikki futbolchisini tarkibdan chiqardi

  • 21 avgust, 16:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Entso Mareska hujumchilar Nikolas Jekson va Kristofer Nkunkuning kelajagi haqida gapirdi. Avvalroq ikkala futbolchi ham umumiy guruhda shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tecno

"Jeksonning diskvalifikatsiya muddati tugadi, ammo u tarkibda bo‘lmaydi, chunki bizda bu pozitsiyada ikkita hujumchi bor. Nkunkuga kelsak, u bilan ham xuddi shunday vaziyat. Biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ammo yakuniy qarorni kutmoqda. Transfer oynasi yopilgunga qadar ko‘p narsa sodir bo‘lishi mumkin", - dedi italiyalik mutaxassis futbolchilarni London klubini tark etishiga ishora qilib.

22 avgust kuni "Chelsi" Angliya chempionati 2-turi doirasida "Vest Xem" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!