Mareska Gvardioladan zo‘r chiqib qoldi. U APL tarixida birorta murabbiy uddalamagan natijaga erishdi

  • 17.10.2026 22:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

hozirda "Manchester Siti" jamoasiga boshchilik qilayotgan italyalik mutaxassis Enco Mareska Angliya premyer-ligasi tarixida oʻz lavozimiga tayinlangandan soʻng dastlabki yetti uchrashuvda ham gʻalaba qozongan ilk bosh murabbiy sifatida tarixga kirdi.

Bu natija "Ipsvich" ustidan uyda qozonilgan 3:2 hisobidagi gʻalabadan soʻng qayd etildi. Ilgariroq APLda bosh murabbiy sifatida ketma-ket olti start uchrashuvini yutishga Karlo Anchelotti ("Chelsi", 2009/10 mavsumi), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti", 2016/17 mavsumi) va Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 2018/19 mavsumi) erishgan edi.

Mareskaning "Manchester Siti" bosh murabbiyi etib tayinlangani iyun oyida maʼlum qilingan. Undan avval, yanvar oyida u "Chelsi" klubidan isteʼfoga chiqarilgan edi. Italyalik mutaxassis boshchiligida londonliklar Konferensiyalar ligasida gʻolib chiqqan, shuningdek, klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!