Mareska "Manchester Siti" mag‘lubiyati sabablarini aytdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi kechgan va 2:4 hisobida yakunlangan bahsdan so‘ng o‘yin yuzasidan fikr bildirdi.
«Shaharliklar» uchrashuvning ilk yarmidayoq og‘ir ahvolga tushib qoldi: 32-daqiqaga kelib, jamoa uchta javobsiz gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘limda Erling Holann dubl qayd etdi, ammo mehmonlar yana bir gol bilan javob qaytardi.
«O‘yin boshida yomon to‘p surmadik. Birinchi golni o‘tkazib yuborguncha, hatto yaxshi ko‘rinib turgandik. Lekin oradan bir daqiqa o‘tib ikkinchisi kiritildi – bu juda noxush vaziyat bo‘ldi. Ikkinchi taymda ancha yaxshiroq o‘ynadik va, ehtimol, ko‘proq natijaga loyiq edik. Rostini aytsam, bu g‘alati o‘yin bo‘ldi. Tanaffusda ayrim taktik o‘zgarishlar kiritdik, ular bizga yordam berdi. O‘yindan so‘ng Luis [Enrike] menga bugun ularga juda omad kulib boqganini aytdi», – deya ta’kidladi Mareska TNT Sports uchun bergan intervyusida.
Shanba kuni «Manchester Siti» Premyer-liga doirasida o‘z maydonida «Ipsvich» jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar