Mareska "Manchester Siti" oʻyinchisini maqtadi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoaning marokashlik yarim himoyachisi Ayub Buaddi haqida fikr bildirdi.
«Ayub – juda iste’dodli futbolchi. Uning eng katta afzalligi shundaki, maydonda bo‘lganda jamoadoshlariga o‘sish va rivojlanishga yordam beradi. Bu yuqori darajadagi futbolchilarga xos sifat.
Buaddi maydonga tushsa, atrofidagi barcha o‘yinchilar o‘yini yaxshilanadi», – deya Mareskaning so‘zlarini insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.
19 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yozda Fransiyaning «Lill» klubidan «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan. «Shaharliklar» marokashlik futbolchi uchun 95 million yevro to‘lashgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar