Mareska: "O‘n kishi bo‘lib ham kuchliroq ko‘rinish va g‘alaba qozonish yaxshi"
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska "Benfika" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi:
— Futbolchilar juda yaxshi ishlashdi. Birinchi taymda to‘p bilan muomala va hujumlar yaratishda ikkinchi bo‘limga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadik. Ikkinchi taymda o‘yin darajasi tushib ketdi.
— Oxirgi 2–3 o‘yinda 2–3 ta gol o‘tkazib yuborgandik, bu tarzda bo‘lmasligi kerak. Yaxshiroq himoyalanishimiz lozim. Shuning uchun quruq o‘yin o‘tkazganimiz quvonarli.
— O‘n kishi bo‘lib ham kuchliroq ko‘rinish va g‘alaba qozonish yaxshi. Menimcha, Joau Pedro epizodida ikkinchi sariq uchun fol yo‘q edi, lekin vaziyat xavfli ko‘rindi.
— Bu biz uchun shu mavsumda boshlangan sarguzasht bo‘lib, biz tobora takomillashib bormoqdamiz, — dedi "aristokratlar" mutaxassisi "TNT Sports"ga.
Fikrlar