Mareska “Siti”ga to‘rtta yangi sardor tayinlandi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enco Mareska yarim himoyachilar Bernardu Silva va Rodri ketganidan keyin yangi mavsumda “shaharliklar”ning to‘rt nafar yangi sardorini tayinladi.
O‘tgan mavsumda jamoaga Bernardu Silva sardorlik qilgan edi.
- Bizning yangi kapitanlarimiz Ruben Diash, Erling Holand, Mark Gexi va Janluiji Donnarumma bo‘ladi, - deya Mareskaning so‘zlarini “Manchester Siti” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida keltirgan.
Bernardu Silva o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra “Manchester Siti”ni erkin agent sifatida tark etdi. Yarim himoyachi yozda Madriddning “Real” klubiga qo‘shildi.
Rodri esa o‘tgan yozda “Barselona” tomonidan to‘liq sotib olindi.

Fikrlar