Mareska “Siti”ning rekord transferiga baho berdi

  • 05.09.2026 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska 2022 yildgi jahon chempioni, yarim himoyachi Enzo Fernandesning klubga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

-  Fernandes g‘olib, sen jamoaning bir qismiga aylanganingda esa yana bir g‘olib futbolchi paydo bo‘ladi, ular doimo xursand bo‘lishadi!

So‘nggi to‘rt-besh kun ichida to‘rt-besh futbolchi mendan uning kelishi yoki kelmasligini so‘raganini va ular uni biz bilan birga bo‘lishini xohlashganini va’da beraman!

Enzo biz bilan birga bo‘lishi juda muhim, biz bundan 100 foiz mamnunmiz - deya Mareskaning so‘zlarini City Xtra ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida keltirdi.

Enzo Fernandes 2024 yildan 2026 yilgacha “Chelsi”da Enzo Mareska qo‘l ostida o‘ynagan. Manchesterliklar uni bir necha kun avval rekord darajadagi narx – 145 million yevroga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!