Asosiy mazmunga oʻtish

Mareska Xoland boshliq bir necha futbolchiga javob berib yubordi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Boshqalar o‘ynasin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa yetakchisi Erling Holann va yana bir necha futbolchiga bir necha kunlik dam berishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Murabbiy so‘zlariga ko‘ra, «Aston Villa»ga 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng u Holann, Donnarumma, Diash, Anderson va Gvardiolga uch kunlik ta’til bergan.

— Ushbu uch kun ularga kuch to‘plash va energiyasini tiklashga yordam beradi. Ular maydonga to‘liq shay holda qaytishadi, — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

28 oktyabrdan 29 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat  00:30 da «Manchester Siti» Angliya liga kubogi to‘rtinchi bosqich doirasida o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q