Marina xonim Azarning asl narxini biladi

  • 13 oktabr, 2021, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati sobiq futbolchisi Eden Azerni ortga qaytarish bo‘yicha “Real” bilan muzokara boshlagani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” egasi Roman Abramovich belgiyalik futbolchi Angliyaga qaytsa, yana o‘yini ochilib ketishiga ishonmoqda.

Futbolchining transferi bilan ishlayotgan klub direktori Marina Granovskaya Eden Azar uchun taklif qilinadigan maksimal summani oshkor qildi. Unga ko‘ra, “aristokratlar” qishda bu o‘yinchi transferiga 34 million funtdan ortiq mablag‘ sarflamaydi.

“Real” rahbariyati esa, ikki yil oldin bu futbolchiga sarflangan 115 million evro miqdoridagi mablag‘ning ma’lum qismini qaytarib olish uchun Azarni sotib yuborishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!