Mariya Sharapova: Novak Jokovich meni uchrashuvga taklif qilgan

BEPUL PROPAN

Mariya Sharapova dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich tomonidan uchrashuvga taklif olgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bu voqea Novakning ilk marotaba ATP turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritganida sodir bo‘lgan. O‘shanda serb tennischisi Mariyaga birga shug‘ullanishini aytgan. Mashg‘ulot jarayonida Novak agarda shu ochkoni olsa, Mariya u bilan kechki ovqatga borishini taklif etgan.

– Men o‘shanda, nima farqi bor, kim o‘zi bu bola? deya o‘ylaganman. Novak esa o‘sha ochkoni qo‘lga kiritgan va bugun kechki ovqatni birga qilamiz, yapon restoranida degan. Bu so‘zlardan men hayratlandim hamda uning taklifiga rozi bo‘ldim. 

Eng qizig‘i, restorantga borganimizda, Novak eski «Kodak» fotoapparatini olib, ofitsiantdan bizni suratga olishni iltimos qilgan edi, – deydi M.Sharapova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!