Mark Gexining "Manchester Siti"da qaysi raqamda o‘ynashi ma'lum
"Manchester Siti"ning yangi himoyachisi Mark Gexi oʻziga raqam tanladi.
"Shaharliklar" markaziy himoyadagi muammolar sabab yangi futbolchi sotib oldi. Jamoa dushanba kuni "Kristal Pэlas" himoyachisi Mark Gexi transferini eʼlon qildi. Futbolchi 2031 yilning yoziga qadar "Man Siti" sharafini himoya qiladi. Angliyalik iqtidorli futbolchi yangi jamoasida 15-raqam ostida harakat qiladi. Soʻngi marta manchesterliklar safida bu raqamda Elyakim Mangalya toʻp tepgan edi.
Maʼlumot uchun, "Manchester Siti" ayni vaqtda Angliya Premier-ligasida 2- oʻrinni egallab turibdi.
Fikrlar