Asosiy mazmunga oʻtish

Markaziy himoyachi Serxio Ramos meksikaliklarga gol urishni o‘rgatyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hali ham zo‘r formada ekan

Evropa futbolida o‘z nomiga ega bo‘lgan Serxio Ramos o‘tgan yili yozda Ispaniyaning “Sevilya” jamoasini tark etganidan keyin ancha vaqt ishsiz yurdi.

Yaqindagina ya’ni fevral oyida   tajribali markaziy himoyachi Meksikaga yo‘l olib, “Monterrey” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Meksika maydonlaridan to‘p tepish 39 yoshli futbolchiga ma’qul kelgan ko‘rinadi. Ramos markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, jamoasi hujumlarida faol ishtirok etmoqda.

“Monterrey”ning navbatdagi uchrashuvida ispan futbolchisi “Tigres” jamoasi darvozasini 11 metrlik nuqtadan ishg‘ol qildi.

Hozirgacha “Monterrey” safida ettita bahsda maydonga tushgan Serxio Ramos gollar hisobini to‘rttaga etkazib oldi.

Serxio Ramos uzoq yillik faoliyati davomida ikki marotaba “Sevilya”, shuningdek, “Real” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q