"Markaziy Osiyo derbisi"da bokschimzning qo‘li baland keldi
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari davom etmoqda.
Bugungi kun dasturidan oʻrin olgan + 90 kg vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov tojikistonlik Muhammad Abroridinovga qarshi ringga koʻtarildi. Ushbu qarama-qarshilikda hamyurtimiz raqibni bir bor nokdaun holatiga tushirib, yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi va yarim finalga yoʻl oldi.
Shu tariqa bokschilarimiz ishtirokidagi bugungi bahslar yakunlandi.

Fikrlar