
Markaziy o‘yinda "Napoli" o‘z maydonida "Milan"ga yutqazib qo‘ydi. Zlatandan dubl (video)
Italiya A Seriyasining 8-tur markaziy bahsida “Napoli” va “Milan” o‘zaro bahs olib bordi.
Neapoldagi o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 1:3 hisobida “rossonerilar”ning g‘alaba qozondi. Mezbonlarning yagona golini Dris Mertens (63') kiritdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollarni Zlatan Ibragimovich (20', 54') va Yens Peter Xauge (90') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar