Marketa Vondroushova "Rolan Garros"ning dastlabki finalchisi bo‘ldi
Franitsiyaning Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida dastlabki finalchi tennischining nomi aniq bo‘ldi.
Sovrin jamg‘armasi 42,661,000 Evroni tashkil etuvchi mazkur musobaqaning yarim finalidk Marketa Vondroushova (Chexiya) – Yoxanna Konta (Buyukbritaniya) o‘zaro raqobatlashdi.
Unda Marketa raqibini 7:5, 7:6 hisobida taslim qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u so‘nggi hal qiluvchi o‘yinda Eshli Barti (Avstraliya), yoki Amanda Anisimovaga (AQSh) qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar