Markinos:"Neymar Xolanddan revansh olishni oldindan rejalashtirgan edi"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"U bunday ishlarni juda yaxshi ko‘radi. Neymar shunchaki futbolchi emas. U kurashchi. Mag‘lubiyatni yomon ko‘radi. Provakatsiya qilishni xohlab turadi. U Parijdagi bahsdan avval barchasini rejalashtirgan edi.

Men u gol urgach, hozircha shoshilmasligini so‘radim. Ammo u menga hech narsadan qo‘rqmaslini aytdi. Bernatning golidan keyin esa hammasi hal bo‘lganini sezdik," - deydi 25 yoshli braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Dortmunddagi bellashuvda Xoland PSJ darvozasiga kiritilgan 2 ta golga mualliflik qilib, uni "ichki hotirjamlik" uslubida nishonlagan va keyinroq ijtimoiy tarmoqda "Dortmund mening shahrim, sizlarniki emas", deb aytgandi. Parijdagi bahsda esa maydon egalari 2:0 (3:2) hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Neymar o‘z golidan so‘ng va uchrashuv yakunlangach Xolandga o‘z uslubida javob qaytardi. Ijtimoiy tarmoqqa esa yuqoridagi suratni joylab, "Parij mening shahrim, sizlarniki emas" deb yozib qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!