Marko Milich: "Dinamo"ga qarshi bahs biz uchun Chempionlar ligasi finaliga teng

  • 15 iyun, 2019, 12:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi bugun o‘z maydonida ushbu mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Coca Cola Cuperligasining 11-turidan o‘rin olgan bahsda qo‘qonliklar Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qilishadi. Mazkur uchrashuv oldidan “shunqorlar” etakchilaridan biri Marko Milich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- “Paxtakor” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin barchaning kayfiyati a’lo darajada. Bugungi bahsda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Bu o‘yin biz uchun Chempionlar ligasi finali bilan teng desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘qonda mavsumdagi birinchi uchrashuvimizni o‘tkazamiz. Bugun Qo‘qonda katta futbol bayrami bo‘ladi. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun maydonda borimizni berishga tayyormiz. O‘z navbatida bugungi bahsda muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari ham biz uchun juda zarur, - dedi xorijlik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!