Marko Roys: Biz 55 ming kishini qutqarib qolyapmiz

  • 16 may, 2020, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund klubi sardori Marko Roys bugun Bundesliganing 26-turidan o‘rin olgan "Shalke"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Aytish kerakki, bu jamoalarning so‘nggi 2 oy ichidagi ilk rasmiy o‘yini bo‘ladi. Ammo, Roys jarohati sabab bugungi o‘yinda ishtirok etolmaydi.

“Mavsum tiklandi, lekin bu vaziyat yaxshilandi degani emas. Biz 55 ming inson mehnat qiladigan sohani qutqarib qolmoqchimiz.

Hotirjamlikka berilishga aslo haqqimiz yo‘q, biz shifokorlar va hukumatning tavsiyalariga quloq solishimiz kerak”, - deydi Roys.

“Borussiya D” - “Shalke” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. O‘yinni “Sport” telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!