Markus Reşford «Barselona»ga qaytishi mumkin
«Manchester Yunayted»ning ingliz yarimhimoyachisi Markus Reşford yana «Barselona» jamoasiga o‘tishi ehtimoli paydo bo‘ldi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchining vakillari bilan aloqa uzilmagan holda muloqotni davom ettirmoqda. «Barselona» rahbariyati transfer oynasi yopilguncha Reşfordni yana jamoaga qaytarish variantlarini ko‘rib chiqayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda ingliz vingeri «Barselona» safida ijara asosida to‘p surgan edi. Kataloniya klubi uni «Manchester Yunayted»dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan, ammo mavsum yakunida bu imkoniyatdan foydalanmaslikka qaror qilgandi.

Fikrlar