Markus Reşford «Fenerbaxche»ga o'tishni rejalashtirmayapti

  • 10.08.2026 14:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reşford Turkiyaning «Fenerbahçe» jamoasiga o‘tish imkoniyatiga qiziqmayapti, deb xabar bermoqda Sports.kz nashri Football Insider manbasiga tayanib.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul klubi 28 yoshli angliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan va transfer oynasi yopilguncha uni sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, o‘ychining o‘zi faoliyatini Yevropaning beshta yetakchi chempionatidan birida davom ettirishni istamoqda. 

 

Manbaga ko‘ra, Reşfordga da’vogarlar orasida «Tottenxem» va «Aston Villa» klublari bor.

— Menimcha, bu transfer amalga oshishi juda qiyin. Ilgari ham Reşfordni turk jamoalari bilan bog‘lashgan, ammo karerasining hozirgi bosqichida u Turkiyaga ko‘chib o‘tish istagini hech qachon bildirmagan, — deya ta’kidlagan jurnalist Pit O’Rurk.

 

Shu bilan birga, hujumchining «Manchester Yunayted»dagi kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. O‘tgan mavsumda Reşford «Barselona» safida ijara asosida o‘ynab, 49 uchrashuvda 14 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi. Shunga qaramay, kataloniyaliklar futbolchini to‘liq sotib olish imkoniyatidan foydalanmaslikka qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!