Marmush gʻalati rekord oʻrnatdi

  • 25.01.2026 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” Angliya Premier-ligasining navbatdagi turida musobaqa autsayderi “Vulverxempton”ni qabul qilib, raqib ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni Umar Marmush ochdi. Bir yil avval jamoaga olib kelingan misrlik forvard uchun bu gol rekord natijani taqdim etdi.

Ma'lum bo'lishicha, Marmush Angliyaning eng yuqori divizionidagi jami gollari sonini sakkiztaga yetkazib oldi. Qiziq tomoni shundaki, u barcha to'pini “Etihad” arenada kiritgan.

Umar safar o'yinlarida biror marotaba ham raqib darvozasini ishg'ol eta olmagan holda “Manchester Siti”ning uy uchrashuvlarida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi.

Endi “shaharliklar” navbatdagi turdi “Tottenxem” mehmoni bo'ladi. Balki Marmush aynan o'sha uchrashuvda safar bahslaridagi quruq  seriyasiga barham berar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!