Marselo faoliyatidagi eng yaxshi va eng og‘ir "El-klasiko" haqida gapirdi

  • 08.03.2026 00:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo faoliyatidagi eng yaxshi "El-klasiko" o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Men ikki holatni tanlagan bo'lardim. Birinchisi — Chempionlar ligasining yarim finalida "Kamp Nou"da urgan golim. Bu biroz achchiq-shirin xotira, chunki biz o'sha qarama-qarshilikda g'alaba qozona olmaganmiz.

Ikkinchisi esa o'sha mavsumdagi Kubok Ispaniya finali. Biz o'sha o'yinda qo'shimcha vaqtda Krishtianu Ronaldu urgan gol evaziga g'alaba qozonganmiz. Pep Gvardiola davrida “Barselona” juda ustunlik qilardi, shuning uchun o'sha kubokni yutish jamoa uchun katta engillik va g'urur bo'lgan", — dedi Marselo.

Braziliyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi eng og'ir o'yinni ham eslab o'tdi.

"Bu — 2010/11 mavsumida “Kamp Nou”dagi 0:5 hisobidagi mag'lubiyat. "Barselona" bizga haqiqiy futbol darsini bergan. Biz o'yinni yomon boshlamagan edik, lekin gollar ketma-ket urildi va o'zimizni butunlay ojiz his qila boshladik.

Bu juda og'ir “klasiko” edi. Bizda o'yinga qaytish uchun deyarli hech qanday imkoniyat bo'lmadi. Hisob 0:4 bo'lib, o'yin tugashiga o'n daqiqa qolganda, barchamiz deyarli yechinish xonasiga ketishni xohlab qolgan edik, chunki bu hisobni qutqarish imkonsiz edi", — deya qo'shimcha qildi Marselo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!