Marsyal Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Antoni Marsyal o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

RMC Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi 20 yoshli futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlamoqda. Andalusiyaliklar sport direktori Monchi allaqachon bu borada muzokaralarga kirishib ulgurgan.

Ammo manchesterliklar kam o‘yin amaliyoti berilayotganiga qaramay, futbolchidan ayrilishni istamayapti.

Qayd etish joiz, Marsyal joriy mavsumda “MYu” safida 16 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta samarali pasga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!