Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Martines «Chelsi»ga nega o'tganini tushuntirdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Emiliano Martines jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatdan keyin yangi motivatsiya uchun «Chelsi»ga o‘tishini eng to‘g‘ri qaror deb atadi.

Argentina milliy jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi darvozaboni Emiliano Martines yozgi transferlar oynasida «koʻklar» safiga oʻtish qarori haqida gapirdi.

«Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyatdan tiklanishim uchun biroz vaqt kerak boʻldi. Bu holat menga juda qattiq taʼsir qildi va jamoani almashtirish yangi motivatsiya topishimga yordam beradi, deb oʻyladim. Oxir-oqibat, klubimni almashtirishga muvaffaq boʻldim va bu men qabul qilishim mumkin boʻlgan eng yaxshi qaror boʻlgan, deb hisoblayman. Hozir yana oʻzimni muhim futbolchi sifatida his qilyapman va jismoniy holatim ham aʼlo», — dedi argentinalik TyC Sports nashriga.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Martines «Yuventus»ga oʻtishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq u Angliyada qolishni tanladi. Darvozabon bunga qadar bir necha yil davomida «Arsenal» va «Aston Villa» sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q