Martines ketdi, uning o‘rnini kim egalaydi?

  • 07.07.2026 04:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugalya terma jamoasida yangi davr boshlanmoqda!

Jahon chempionatining 1/8 finalida Ispaniyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan Portugalya musobaqani tark etdi. Shundan so‘ng bosh murabbiy Roberto Martines o‘z lavozimini tark etganini rasman e’lon qildi.

52 yoshli murabbiyning Portugalya terma jamoasidagi statistikasi: 40 ta o‘yin, 28 g‘alaba, 7 durang va 5 ta mag‘lubiyat.

Portugal v Spain: Round of 16 - FIFA World Cup 2026

Martines qo‘l ostida portugalilar "2026-yilgi Jahon chempionatida" O‘zbekiston va Xorvatiyani mag‘lub qilgan bo‘lsa, Kolumbiya va Kongo bilan durang natija qayd etdi. Shuningdek, Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyat ham bor...

Ayni paytda ispaniyalik mutaxassisning o‘rnini kim egallashi borasida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Eng ko‘p tilga olinayotgan nomlardan biri - Jorje Jezush. 71 yoshli portugal o‘tgan mavsum "An-Nasr" bilan Saudiya chempioni bo‘lib, klubni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!