
Martines va Pavar "Barsa"ga qarshi bahsda maydonga tushadimi?
Lautaro Martines "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Insayder Janluka Di Martsioning yozishicha, hujumchi Chempionlar Ligasi yarim finalida "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi javob o‘yinida asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. Benjamen Pavar ham shunday.
Ikkala futbolchi ham bugun biroz cheklovlar bilan bo‘lsa-da, umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Fratezi jarohat tufayli shug‘ullanmadi.
Ma’lumot uchun, Martines "Barselona"ga qarshi dastlabki o‘yinning birinchi bo‘limida sonidan jarohat olgandi. Pavar esa 27 aprel kuni "Roma"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘ini shikastab olgan.
Fikrlar