Martinesning to‘rtta almashtirishi Portugaliyaga g‘alaba keltirdi

  • 03.07.2026 06:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez Xorvatiyaga qarshi Jahon chempionati 1/16 final bahsida amalga oshirgan to‘rt kishilik almashtirish bilan o‘yin taqdirini o‘zgartirdi.
⠀
Portugaliya uchrashuvda 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Jamoa avval 53-daqiqada Ivan Perishichning golidan so‘ng hisobda ortda qolgan bo‘lsa, 68 va 94-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.
⠀
Martinez 63-daqiqada bir vaqtning o‘zida Vitin’ya, Pedru Netu, Brunu Fernandes va Joau Kanseluni maydondan olib, ularning o‘rniga Fransishku Konseyso, Nelson Semedu, Bernardu Silva va Gonsalu Ramushni tushirdi.
⠀
Qiziqi, aynan zahiradan maydonga tushgan Gonsalu Ramush qo‘shimcha vaqtning 94-daqiqasida g‘alaba golini kiritib, Portugaliyani Jahon chempionati 1/8 finaliga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!