“Mash’al” jamoasi ko‘rigiga nigeriyalik ikki futbolchi kelib qo‘shildi
"Mash’al" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi jamoa mashg‘ulotlariga nigeriyalik 2 ta futbolchi kelib qo‘shilganini ma’lum qildi:
"Samuel Chigozi Ononivu 1997 yil 10 fevralda Nigeriyaning Kano shahrida tug‘ilgan. Nigeriya terma jamoasining sobiq a’zosi bungacha Mavrikiy Superligasining bir qator klublari "Silvester" va "Bolton Siti" klublarida to‘p surgan.
Ukeme Uilyams 1999 yil 12 sentyabrda Nigeriyaning Lagos shahrida tavallud topgan. Yarim himoyachi Ukeme Uilyams Nigeriyaning "Bendel Inshurens" , "El-Kanemi Varriors", "Vikki Turists" va "Akva Yunayted" jamoalarida to‘p surgan.

Fikrlar