"Mash’al" matbuot xizmati: «Metallurg» direktori «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» murabbiyiga ham musht tushurib ko‘rsinchi. O‘zini yuziga darxol tarsaki tushadi

  • 25 avgust, 2021, 23:21
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 16-tur doirasida "Metallurg" - "Mash’al" uchrashuvi o‘tkazildi. Bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdan so‘ng bekobodliklar boshlig‘i Shavkat Saidov muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga musht tushurdi. Ushbu holat aks etgan videolar ham mavjud.

"Mash’al" matbuot xizmati "Metallurg" futbol klubi havfsizlikni ta’minlamangligi uchun Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashmasligini ma’lum qildi va telegramdagi rasmiy sahifada jamoa tomonidan e’tirozga sabab bo‘lgan holat yuzasidan quyidagilarni yozib qoldirdi.

- Har qanday muammoyu, qiyinchilik bo‘lishiga qaramasdan «Mash’al» bugun o‘zining yana bir tarixiy g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Og‘ir va qiyin bahsda qozonilgan g‘alaba uchun raxmat yigitlar!

Mag‘lubiyatni mardalarcha tan ololmagan «Metallurg» !!!

O‘z uyida «Mash’al»dan tarsaki egan «Metallurg» klubi rahbariyati, «Mash’al» va uning delegatsiyasini murabbiyi va futbolchilari haqorat qildi. U ham kamlik qilgandek bosh murabbiyni kaltaklashdi. Bunday sharmandali va o‘ta xunik xolatga PFL mas’ullari nima deyisharkin? Bu borada O‘FAdan ham munosabat kutib qolamiz.

«Mash’al»ni tahqirlashning kami qoldimikan?

Hoxlashsa chempionatdan xaydashadi. Hammasi kamlik qilayotgandida, endi musht ham tushirishdi. «Metallurg» direktori «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» murabbiysiga ham musht tushirib ko‘rsinchi. O‘zini yuziga darxol tarsaki tushadi!

«Mash’al»ga bo‘lgan bugungi sharmandali hurmatsizlikka janoblar qanday chora bilan javob qaytarishini jim turib kuzatamiz!

Bezymyannyy_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/08/2021 23:44
ishlap turgan lavozimidan olib. 15 kun qamoq jazosi qullash kerak. va jarima qilish kerak kattaroq. ertaga qolganlarga ham saboq buladi. yahshiyam murabbiy bosiq ekan. agar Ruziqul aka shunoqa qilsaydi hammasini bir uzi urib chiqardi jabob. tasafur qilapsizmi keyin qanaqa janjal bulardi. oddiy halq. bilmasdan. narushina qilsa qanaqa qiladi jarimani. lavozimdaki odam. uzi shunoqa qilib turgan bylsa. qonuniy jazo qullash kerak ana ushanga qolganla ham uzidan ketmaydi. ochiqcha bosim qilish bu. tugri oldin ham naglu chempionatdan olib urniga yuq joydan klublani quyib quyishuvdi. bizaga uzi shu ayrimla moddiy tamondan selabi bulsa bosim utkazadi.
26/08/2021 00:01
Келишиб ютказиб кетиш керегиди машал келишмагани учун ютиб кетганига калтак йевоти бечарала
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
26/08/2021 00:41
kuramiz endi. PFL javobini. agar shunga ham oddiy munosabatka bulsa. uzbek fudboli hali ham eski zamondakiday buladi. oldin ha tushunsa bulardi nagli qilishardi bosimni