“Mash’al” rossiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 16.02.2026 17:13
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

 “Mash’al” himoya chizig‘ini Roman Xodjaev bilan kuchaytirdi.

Muborakning "Mash’al" FK Muborak jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Klub rahbariyati rossiyalik markaziy himoyachi Roman Xodjaev bilan shartnoma imzolaganini rasmiy ma’lum qildi.

191 santimetr bo‘yga ega himoyachi jismoniy jihatdan baquvvatligi hamda havodagi kurashlarda ustunligi bilan ajralib turadi. Roman Xodjaev Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lib, faoliyati davomida "Torpedo Vladimir" hamda "Molodechno-2018" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 ming yevro atrofida baholamoqda. Xodjaev "Mash’al" safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Ushbu transfer orqali klub himoya chizig‘idagi barqarorlikni oshirish hamda raqobatbardosh tarkib shakllantirishni maqsad qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!