"Mash’al" ustozi: "Ochiği, murabbiylik faoliyatimda bunday holatga birinchi marta duch kelyapman"
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Mash’al" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ildar Sakaev fikrlarini bildirdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
- Nima ham deyish mumkin? Vaziyatlardan samara chiqar aolayotganimiz yo‘q. Bizga esa tushunarsiz gollar kirib ketdi. Ochig‘i, murabbiylik faoliyatimda bunday holatga birinchi marotaba duch kelyapman. Ishonsangiz o‘yindan oldingi ko‘rsatma 10 daqiqa bo‘ldi. Yigitlarga biz uyda, muxlislarimiz qarshisida o‘ynayapmiz, mana tarkib, ular uchun o‘ynang dedim. Harakat qildik, lekin yetarli bo‘lmadi. Futbolchilar ishonchni yo‘qotib qo‘yishgan. Barchalari yosh bola emas, katta futbolchi. Hamma gap ruhiyatda qolmoqda",- deydi Ildar Sakaev.
- Humoyun Murtozaevning jismoniy holati bugungi o‘yinga tayyor emasdek ko‘rindi...
- Humoyun astoydil harakat qildi. U katta hajmdagi ishni bajaryapti. Faqat gol urish kerak. G‘alaba orqali qolgan ishlar ham o‘nglanadi. Ishonch qaytadi. Yana qaytaman: ruhiyat borasida muammolar bor. Ertaga rahbariyat bilan bu vaziyatdan qanday chiqib ketish masalasini gaplashib olamiz. Kurash oxirigacha davom etadi. Muborakda futbolni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun bugun muxlislar tashrif buyurishdi.

Fikrlar