Masharipov "An-Nasr"dagi faoliyati, Ronaldu asosiy tarkibda o‘ynashini so‘ragani va klubning transferlari haqida katta intervyu berdi

Yozgi transferlar oynasida "An-Nasr" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Jaloliddin Masharipov faoliyatini "Panserraikos"da davom ettirishga qaror qilgandi. Futbolchi "Sport 360 Saudi" nashriga "An-Nasr", Ronaldu va Saudiya terma jamoasi haqida katta intervyu berdi. 

Dastlab, futbolchimizga Osiyo kubogidagi ishtirok borasida savol berildi. Shuningdek, Masharipov Saudiya bilan pley-offda uchrachib qolishimiz borasidagi savolga ham javob berib o‘tdi. 

"Yaxshi niyatda kelganmiz. Qo‘ldan kelgancha uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Hozir bizda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan va maqsadlar katta. Saudiya terma jamoasining uchrashuvlarini ko‘rdim. Tarkibdagi o‘yinchilarning ko‘pi klublarida asosiy tarkibda o‘ynayvermaydiMenimcha, bu doimo muammo bo‘lib kelgan.

Saudiyani hurmat qilaman, lekin imkoniyatlarini yuqori baholamayman. Agar pley-offda to‘qnash kelib qolsak, xursand bo‘laman. Yutganmiz, yutqazganmiz. Saudiyada o‘ynab yurgan paytimda ham futbolchilar O‘zbekiston terma jamoasi doimo bizga qarshi yaxshi qarshilik ko‘rsatadi, deb aytardi. Hozir bir-birimizga qarshi maydonga tushsak, mag‘lub bo‘lamiz, deb o‘ylamayman".

 

Keyingi savollar "An-Nasr" haqida bo‘ldi. Uning terma jamoada 10, riyodliklar safida esa 7-raqamda harakatlanganini sababini so‘rashdi. 

"Men o‘zi yoshligimdan 10-raqamda o‘ynaganman. Legionerga aylanganimdan keyin "Shabab Al-Ahli"da ham 7, "An-Nasr"da ham 7-raqam tushib qoldi. Ronaldu keldi, ikkita 7 qildim. Bir kun klubdagilar meni oldiga chaqirdi va muhim futbolchi kelayotganini aytishdi. Bu Ronaldu ekanligini bilardim. 5 ta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan futbolchiga bermasam, kimga beraman bu raqamni".

Ronaldu ro‘yxatdan o‘tdi, Masharipov joyida qoldi!

"Ronaldu kelganida hamma xursand edi. Boshqacha atmosfera, seni butun dunyo ko‘radi. Boshida hech kim ishonmadi, lekin kelganidan keyin hammaning hayotida katta mo‘jiza ro‘y bergandek edi". 

Shuningdek, terma jamoamizning ayni paytdagi sardori Ronaldu uning asosiy tarkibda o‘ynashini murabbiydan so‘raganini aytib berdi. 

"Al-Fotih"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, penalti ishladim va uni Ronaldu golga aylantirdi. Uchrashuvdan keyin u mening yonimga kelib, nimaga asosiy tarkibda o‘ynamading, deb so‘ragandi. Men esa endi jarohatdan qaytganligimni aytdim. Keyin Ronaldu to‘g‘ri Rudi Garsiyani oldiga borib, "Masharipovni asosiy tarkibga qo‘yish kerak, mana 15 daqiqaga tushib, o‘yinni o‘zgartirdi", degandi. Keyingi uchrashuvda men boshlang‘ich tarkibga kiritildim. Yana penalti ishladim, Ronaldu 4 ta gol urdi. Menimcha, Krishtianu meni hurmat qilardi, men ham uni qattiq hurmat qilaman".

photo_2024-01-24_14-05-15

Masharipov klubning transfer siyosatiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

"An-Nasr"ning hamma transferi ham yaxshi bo‘lavermaydi. "Al-Hilol" esa kerakli pozitsiyaga jamoaviy o‘ynaydigan, sifatli futbolchilarni oladi. "An-Nasr" bo‘lsa faqatgina nomga qarab qo‘yadi, bo‘ldi. Klubga olib kelingan o‘yinchilar orasida Ronaldu pulini, nomini ham oqlab turibdi. Shuningdek, Ospina ham yaxshi. 

U erdagi legionerlarning bittasini o‘yini yaxshi bo‘lsa, boshqasini xarakteri yaxshi emas. Ronalduda ikkalasi ham zo‘r. To‘g‘ri, u haqida ko‘p gapiryapman, chunki Krishtianu shunga loyiq odam. U bilan ovqatlanib ko‘rganman, maydonda birga harakatlanganman. Ronaldudan ko‘p narsa o‘rgansa bo‘ladi"

photo_2024-01-24_14-06-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
24/01/2024 20:55
Tabib tabib emas,
Boshidan o'tgan tabib.
Faqat OMAD...!!!
бек тв
25/01/2024 15:37
Бирга туалетга кирмабсанде униям этардин роса кибрли боласан сан бу характерин билан узокка бормисан бола
.... ....
24/01/2024 23:02
Ronaldoni 2001 yili Partugaliyada uzin boyli bola bop uynab yurganida uje malumidi kotta futbalist bolishi. yaxshi uynashidan tashqari odamgarchilig yuqori futbalist. masharipovam ushani odamgarchiligiga guvoh bolib korganini gapirberibdi. Raxmat sanga Jaloliddin, yaxshi uyin uchun!!!
&
1234567
24/01/2024 18:13
Тентак
Begmatov Avaz
24/01/2024 20:38
Ундай деманг!Сиз Уни урнида булганизда кандай буларди?Хар Калай мусулмонмиз.