
Masharipov: "O‘zimiz shu darajaga olib tushdik, o‘zimiz yuqoriga ko‘taramiz"
Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Shri-Lanka uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng Srechko Katanets hamda Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Masharipovning fikrlari bilan tanishib chiqing.
"Avvalambor, assalomu alaykum. O‘yindan oldin aytganimdek, bu terma jamoalar bizning tengimiz emas. Ilk marta shu bosqichdamiz va Osiyo kubogiga chiqish uchun kurash olib boryapmiz. O‘zimiz shu darajaga olib tushdik, o‘zimiz yuqoriga ko‘taramiz. Vaqtida Janubiy Koreya va Eron kabi kuchli terma jamoalar bilan raqobat uyushtirganmiz. Xudo xohlasa, yigitlar bilan yangidan tarix yozmoqchimiz", dedi Masharipov.
Fikrlar
хам нимадир тажриба беради.Омад