Mashhur futbolchi mundialda Oʻzbekistonga muxlislilik qiladiган boʻldi
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Kerjakov 11 iyun kuni start oladigan 2026 yildgi jahon chempionatini diqqat bilan kuzatishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
– Mundialni albatta kuzataman. Eng avvalo, O‘zbekiston o‘yini juda qiziq. Ular uchun jahon chempionatiga chiqish – katta voqea. Umuman olganda, barcha o‘yinlarni tomosha qilishga harakat qilaman, – dedi Aleksandr Kerjakov.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 11 iyunda start oladi va tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqa uchrashuvlari Meksika, Kanada va AQSh stadionlarida o‘tkaziladi.
Ilgari jahon chempionatlarida ishtirok etmagan O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kongo Demokratik Respublikasi va Kolumbiya bilan birga "K" guruhidan joy olgan.
Fabio Kannavaro ustozlik qilayotgan o‘zbek futbolchilarining jahon chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
— O‘zbekiston — Kolumbiya (18 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 07:00)
— O‘zbekiston — Portugaliya (23 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 22:00)
— O‘zbekiston — Kongo (28 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 04:30)
2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirokida yangi formatda o‘tkaziladi. Avvalgi — 1998–2022 yillar oralig‘idagi mundiallarda esa final bosqichida 32 ta jamoa qatnashgan edi.
Musobaqa uch davlatning 16 shahrida tashkil etiladi. AQShda o‘yinlar Atlanta, Boston, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietlda bo‘lib o‘tadi. Meksikadan Gvadalaxara, Mexiko va Monterrey shaharlar mezbonlik qiladi. Kanadaning Toronto va Vankuver shaharlar ham jahon chempionati uchrashuvlarini qabul qiladi.

Fikrlar