Mashhur futbolchi PSJga qarshi o‘yinda Mareska qanday xato qilganini tushuntirdi
«Liverpul»ning sobiq futbolchisi va hozirda futbol tahlilchisi sifatida ishlayotgan Jeymi Karrager «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enco Mareskaning PSJga qarshi o‘yin (2:4) uchun tanlagan asosiy tarkibi haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng Mareska o‘zi uchun jiddiy xulosa chiqaradi. Endi u bunaqa raqiblarga qarshi bu galgi uchlik yarim himoyani maydonga tushirish mumkin emasligini yaxshi bilib oldi. Ular to‘psiz o‘yinda yetarlicha ishonchli emas», — deya Karragerning so‘zlarini Blue Moon nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» yarim himoyasida o‘yinni Elliot Anderson, Enco Fernandez va Rayan Sherki asosiy tarkibda boshlagan edi. Biroq tanaffusdayoq Mareska Rayan Sherki o‘rniga Ayub Buaddini maydonga tushirishga qaror qildi.

Fikrlar