
Mashhur futbolchi raqibini o‘limdan qutqarib qoldi
Kolumbiya terma jamoasi yulduzi Xames Rodriges Qatar chempionatining 13-turida haqiqiq qahramonlik ko‘rsatdi.
“Ar-Rayan” jamoasi sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachi “Al-Vakra”ning malilik legioneri Usmon Kulibalining hayotini saqlab qoldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur uchrashuvining birinchi bo‘limi o‘tib borayotgan pallada Kulibali maydonda hushini yo‘qotgan. Unga birinchi bo‘lib yordamga kelgan Xames Rodriges hamkasbining boshini ko‘tarib, shifokorlar etib kelgunga qadar nafas olishini ta’minlab turgan.
32 yoshli Kulibali birinchi yordam ko‘rsatilganidan keyin shifoxonaga yotqizildi va uning holati barqarorlashgani aytilmoqda. Mutaxassislar malilik futbolchi yurak xurujini boshdan o‘tkazganlini tasdiqladi.
Rodriges “Ar-Rayan” safiga 2021 yilning sentyabr oyida qo‘shilgan edi. Kolumbiyalik hujumchi Qatar chempionatida ettita uchrashuvda qatnashib, uchta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar