Mashhur futbolchi “Santos”ga o‘tdi
Yevropa futbolida “Yuventus, “Liverpul” va “Barselona” klublaridagi oʻyinlari bilan tanilgan Artur Melo erkin agent sifatida “Santos” klubiga qoʻshildi. Bu haqida Braziliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchining jamoa bilan mehnat shartnomasi 2026 yil oxiriga qadar amal qiladi.
Melo “Gremio” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan 2018 yilgacha klub tizimida boʻlgan.
Bundan tashqari, u “Barselona”, “Liverpul” va “Fiorentina” klublarida ham toʻp surgan. Oʻtgan mavsumni Melo “Gremio”da ijara asosida oʻtkazdi.
30 yoshli yarim himoyachi “Yuventus” safida jami 63 ta oʻyin oʻtkazgan, ularda 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, futbolchining hozirgi bozor qiymati toʻrt million evroni tashkil etadi.

Fikrlar