Mashhur futbolchi to‘rt ayolga nisbatan yetti marta zo‘ravonlik qilganlikda ayblanmoqda

  • 14.02.2026 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” va “Atletiko”dagi oʻyinlari bilan tanilgan yarim himoyachi Tomas Parti ayni paytda Ispaniya chempionatida “Vilyarreal” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Bu futbolchi hozir zoʻravonlik mojarosi markazida qolmoqda. Ilgari u besh holat boʻyicha ayblangan edi.

Ammo Daily Mail nushrining yangi maʼlumotiga koʻra, Gana terma jamoasi futbolchisiga qoʻshimcha ayblovlar ham qoʻyilgan. Endi u toʻrt nafar ayolga nisbatan yettita zoʻravonlik holatida ayblanmoqda.

Futbolchi aybini tan olmagan. U garov evaziga qamoqdan ozod qilingan.

Avvalroq, Ispaniya qirolligi prokuraturasi xizmati Partiga uch ayolga nisbatan besh holat boʻyicha ayblov qoʻygan edi. Bu voqealar 2021–2022 yillar oraligʻida sodir boʻlgani aytilgan.

Avgust oyi boshida “kanonirlar”ning sobiq oʻyinchisi barcha ayblovlarni rad etgani xabar qilingan. Uning advokati Tomas ish boʻyicha uch yillik tergov davomida politsiya bilan hamkorlik qilganini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!