Mashhur grossmeyster Nakamura o‘zbek shaxmatchilarining bir million dollariga munosabat bildirdi
AQShning mashhur grossmeysteri, ko‘p karra mamlakat chempioni Hikaru Nakamura Samarqandda o‘tgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga belgilangan mukofot haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Nakamura ChessBase India nashri e’lon qilgan xabarni o‘rtoqlashdi. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston terma jamoasining har bir shaxmatchisi davlat tomonidan 200 ming dollardan, jamoa murabbiyi esa 50 ming dollar miqdorida mukofot puli oladi.
«So‘zlar ortiqcha», — deb yozdi amerikalik grossmeyster nashrni qayta joylashtirib, postini ikki kulgu ifodasidagi smaylik bilan to‘ldirgan.
Mukofqotlar miqdori O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan.

Fikrlar