Mashhur hujumchi 8,5 yil qamoqqa hukm qilindi

  • 15.06.2026 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Elche” jamoasi hujumchisi Rafa Mir zo‘rlash jinoyati uchun 8 yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqida nufuzli manba -  Marca nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Mir jinsiy zo‘ravonlik va tan jarohati yetkazish ishi bo‘yicha aybdor, deb topilgan.

Qayd etilishicha, hukm hali kuchga kirmagan va Rafa Mir sud qaroridan shikoyat qilish huquqiga ega. Qamoq jazosidan tashqari, sud futbolchini 64 ming yevro miqdorida jarima to‘lashga ham majbur qildi.

Rafa Mir ishi bo‘yicha tergov bir necha yil davom etdi. U ilk bor 2024 yilda politsiya tomonidan qo‘lga olingan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, zo‘rlash holati ispaniyalik futbolchining uyida o‘tkazilgan kechada sodir bo‘lgan. Futbolchi va uning tanishi ikki nafar qizga nisbatan zo‘ravonlikda ayblangan.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Rafa Mir faoliyati davomida “Valensiya”, “Sevilya”, “Vulverxempton”, “Nottingem Forest” va Evropaning boshqa qator klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!