Mashhur hujumchi suhbatdan keyin Angliyaga bormaydigan bo‘ldi

  • 03.06.2026 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Milan” klubi qanot hujumchisi Rafael Leau yozda Angliya Premier-ligasi klublaridan keladigan har qanday takliflarni rad etishni rejalashtirmoqda.

Hozirda Leau shartnomasining tugashiga ikki yilga yaqin vaqt qolgan. “Milan” kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasiga chiqa olmagan.

Yaqinda futbolchining o‘zi Premier-ligani ko‘p kuzatishini hamda “Manchester Yunayted” va “Arsenal”ga xayrixohlik bildirishini aytgani uchun uning ketishi haqidagi xabarlar kuchaygan edi.

Biroq La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Leau “Milan” klubi prezidenti maslahatchisi Zlatan Ibrohimovich bilan suhbatlashgan va kelasi mavsumda ham “rossonerilar”ga yordam berishga tayyor ekanini bildirgan.

Rafael Leau 2019 yilda Fransiyaning “Lill” klubidan “Milan”ga o‘tgan edi. Shundan buyon 26 yoshli portugaliyalik futbolchi 291 ta o‘yinda maydonga tushib, 80 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!