Mashhur jangchi Frensis Ngannu 17 yoshli qizni o‘ldirib qo‘ydi

  • 28.04.2025 23:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Og‘ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarining sobiq sohibi Frensis Ngannu beixtiyor o‘limga sababchi bo‘lib qoldi.

Kamerunlik jangchi o‘z yurtida mototsiklda 17 yoshli Ntsama Brijit Manuellani urib yuborgan.  Le Bled Parle nashrining yozishicha, to‘qnashuv juda kuchli bo‘lgan.

Ngannu yuz bergan halokatdan keyin qizni tezkorlik bilan shifoxonaga olib bordi. Shifikorlar jabrlanuvchisini zudlik bilan operatsiya qildi. Biroq ularning harakati qizni qutqarib qolishga kamlik qildi.

Tajribali sportchi bo‘lgan voqeadan qattiq afsusda ekanini aytib, marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va barcha xarajatlarni qoplab berishini ma’lum qildi.

Hozircha, bu mudhish voqea bo‘yicha hech qanday qo‘shimcha ma’lumotlar berilgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!