Mashhur klub ikki yil transfer qila olmaydi

  • 14.02.2026 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

FIFA Ispaniya chempionatida ishtirok etib kelayotgan Bilbaoning “Atletik” klubiga navbatdagi uchta transfer oynasi davomida, yaʼni 2028 yilning yanvarigacha yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishni taqiqlandi.

Xalqaro tashkilotning bu qarori “Atletik” klubi tomonidan koʻplab qoidalar buzilgani sabab qabul qilindi.

Bilbaoliklar oʻtgan yozda Saudiya Arabistonining  “An-Nasr” klubidan Emerik Laportni va Ispaniyaning “Osasuna” jamoasidan Xesus Aresoni sotib olish uchun 20 million evrodan ortiq mablagʻ sarflagan edi.

Eslatib oʻtamiz, jamoada faqat bask millatiga mansub futbolchilar oʻynay oladi. Jamoadagi ikki futbolchi – darvozabon Aleks Padilya va hujumchi Inyaki Uilms mos ravishda Meksika va Gana fuqarosi sifatida qayd etilgan boʻlsa-da, kelib chiqishi bask millatiga tegishlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!