Mashhur klubning yangi logotipi muxlislarnig e'tirozigа sabab bo‘ldi

  • 31.03.2026 18:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning “Marsel” klubi oʻz logotipi dizaynini yangilashga qaror qildi. Ammo, bu loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bunga sabab, muxlislarning zamonaviy dizaynni toʻgʻri qabul qilmagani boʻldi. 

Bundan tashqari, uni ishlab chiqish fan qonunlari toʻliq amalga oshirilgan. Ushbu jarayon uchun “Milliy sanoat instituti”ga murojaat 2025 yil may oyida yuborilgan. Oradan bir yil oʻtgach, “Art Deco” usulidagi logotip namoyish etilgan. Rasmiy taqdimot 8 aprelga belgilangan edi. Ammo taqdimotdan avval yangi logotip katta eʼtirozlarga sabab boʻldi.

Bundan tashqari, rebrending bilan shugʻullangan agentlik yangi logotip “Peugeot” va “Citroen” kabi avtomobil brendlarining logotiplaridan ilhomlangani aytilmoqda. 

“Biz futbol klubimiz, avtomobil dilleri emasmiz”,- deya oʻz munosabatini bildirdi klub muxlislaridan biri. Klub muxlislari “Marsel”ning sobiq rahbari Bernar Tapi davridagi logotipni qaytarishni istashmoqda.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!