Mashhur legionerni urgan bezori qo‘lga tushdi
Turkiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Galatasaroy” urugvaylik futbolchisi Lukas Torreya Istanbuldagi savdo markazi tashqarisida hujumga uchradi, gumonlanuvchi taksida qo‘chayotganda ushlandi.
Politsiya ma’lum qilishicha, Istanbulda bir erkak “Galatasaroy” yarim himoyachisi Lukas Torreyani Beyo‘gli tumanidagi kafe tashqarisida urganiidan so‘ng qo‘lga olindi.
Hodisa Jamiyikebir mahallasidagi savdo markazi oldida joylashgan kafe qarshisida sodir bo‘lgan. Xabar asosida voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari 32 yoshli gumonlanuvchini voqea joyidan qo‘chishga urinayotgan paytida, u taksiga o‘tirgan pallada ushlagan.
Torreya ko‘rikdan o‘tkazilganda uning chap qoshi bilan ko‘zi orasi qizargani aniqlandi. Futbolchi gumonlanuvchi ustidan rasmiy shikoyat arizasi bergan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qilmoqda.
Tergovchilar gumonlanuvchi avval ham qasddan tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlanganini aniqladi. Shuningdek, hujum vaqtida gumonlanuvchiga nisbatan taqiqov qarori ham amalda bo‘lgani ma’lum qilindi.
Politsiya aniqlashicha, Torreyaning 39 yoshli haydovchisi ham janjal vaqtida gumonlanuvchiga zarba bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki tomonni ajratish va vaziyatni tinchlantirishga uringan. Hozirda har ikki shaxs bo‘yicha politsiya bo‘limida protsessual harakatlar davom etmoqda.
Lukas Torreya Londonding “Arsenal” klubidan “Galatasaroy” safiga qo‘shilgan. Qat’iy pressing va jangovar o‘yin uslubi bilan tanilgan Torreya Istanbul klubiga kelganidan beri Turkiya Superligasining muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

Fikrlar