Mashhur o‘zbek bokschisi rasmаn WBA qarоrigа qarshi chiqdi
O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziev WBA superto‘liq vazn toifasidagi chempionlik jangini tashkil etish borasida qabul qilingan qaroriga norozilik bildirdi.
«Assalomu alaykum, hurmatli muxlislar.
Men tushunmayapman: nima uchun WBA o‘zining o‘zi qabul qilgan qoidalariga amal qilmayapti?
Bir necha jang o‘tkazib, rasmiy majburiy da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritdim. WBA va Golden Boy menga navbatdagi jangim albatta chempionlik uchun bo‘lishini va’da qilgan edi.
Mendan Xayme Mungiyaga yo‘l berishimni so‘rashdi, evaziga keyingi jangim albatta chempionlik jangi bo‘lishini aytdilar. Endi esa u WBA reytingining hatto birinchi o‘n beshtaligiga ham kirmaydigan raqibga qarshi jangga hozirlanmoqda.
Biz barcha talablarga rioya qilamiz, mashq qilamiz, mehnat qilamiz. Lekin navbat bizga kelganda, yana qoidalar chetga suriladi. WBA himoyasi ostida 12 ta jang o‘tkazdim, 4 ta saralash (eliminator) poydingi g‘alaba qozondim va yillar davomidagi mehnatim evaziga shu maqomga erishdim.
Mungiya — chempion, men esa — rasmiy majburiy da’vogarman. Bizdan oldin hech kim navbatga qo‘yilmasligi kerak. Biz o‘rtasidagi jang — eng mantiqiy qaror. U ham hujumkor bokschi, men ham hujumkor uslubda jang qilaman. O‘ylaymanki, bizning jangimiz tomoshabop, murosasiz kurash bo‘ladi va muxlislar buni osonlikcha unuta olmaydi.
Bu jang Kanelo — Mbilli kechasida ideal voqea bo‘lgan bo‘lardi.
Bu to‘qnashuvda Meksika va qolgan jahon vakillari ringga chiqadi. Men maydonga O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun chiqaman, u esa Meksika sharafini. Ikkala mamlakatda ham hamyo‘shlar, ham professional boks maktabi juda kuchli ekaniga hamma guvoh.
Har bir bokschini hurmat qilaman, lekin endi mening navbatim keldi. Mehnatim orqali bu imkoniyatga loyiqman», — deya ta’kidladi Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziev WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni unvonini Meksika vakillari ishtirokidagi «Meksikaga qarshi butun dunyo» shiori ostidagi kuzgi boks kechasida Xayme Mungiyaga qarshi jangda qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak edi. Biroq bu jang amalga oshmadi. Sababi — Mungiya joriy yil may oyida Armando Resendizga qarshi jangda majburiy himoyani o‘tkazib bo‘lgani uchun promouterlar rejasi o‘zgardi.
Natijada meksikalik chempion jamoasi boshqa nomzodlarga e’tibor qarata boshladi. Hozircha eng ehtimoliy raqib sifatida amerikalik Kevin Nyuman nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar