Mashhur shaxmatchi qizning onasi shov-shuvdan so‘ng yana O‘zbekiston terma jamoasi haqida gapirdi

  • 04.10.2026 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisara Asaubaevaning onasi Liana Tanjarikova (Hakim) Samarqand (O‘zbekiston) shahrida o‘tkazilgan 2026 yildgi Jahon shaxmat Olimpiadasi yakunlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi Sports.kz.

«Samarqandda ochiq aytganman, qaysi jamoalarni qo‘llab-quvvatlashimni. Ayollar o‘rtasida — Qozog‘iston terma jamoasi, erkaklar o‘rtasida esa — O‘zbekiston terma jamoasi uchun jon kuydirdim. Natijaga qarang: o‘zbek erkaklar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston ayollar terma jamoasi esa kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ayollar jamoasini chin dildan kutlug‘ kumush medal bilan tabriklayman. Butun O‘zbekistonni va o‘zbek erkaklar terma jamoasini ham yurakdan tabriklayman. Barchangizga rahmat, sizlar bu mukofotga munosib edingiz!», — deya ta’kidladi Hakim instagramdagi chiqishida.

Bundan avvalroq Tanjarikova erkaklar musobaqasida butun qalbi bilan O‘zbekiston terma jamoasi va ayniqsa yosh grossmeyster Javohir Sindarov uchun qayg‘urishini aytgan edi. U bu tanlovini shaxsiy hayotiy tajribasi bilan izohlagan: u Qozog‘iston janubidagi o‘zbek mahallasida voyaga yetganini eslab o‘tgan va o‘zbek jamoasini «yosh va o‘ta iste’dodli» deb ta’riflagan.

Mazkur bayonot Qozog‘iston jamoatchiligi orasida tortishuv va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xususan, Qozog‘iston erkaklar terma jamoasi yetakchisi Denis Maxnevning turmush o‘rtog‘i Dayana ijtimoiy tarmoqlarda ochiqcha munosabat bildirib, ular, Tanjarikovadan farqli o‘laroq, barcha yo‘nalishlarda printsipial ravishda «faqat Qozog‘iston uchun qayg‘urishlarini» alohida urg‘uladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!